qarz - Uyqum yo‘q Matni (tekst)


Yea
A-a

Boshimdan o‘tkazgan barcha azoblar — o‘tkinchi kun, yo?
Bu yolg‘onchi dunyo — shunchaki qoron‘gu tun, yo? (Yo)
Aldangan yuragim barin’ hisoblar, tunda uyqum yo‘q
Negadir halovat butun yod, balki ko‘zim to‘la qum, yo? (Yo)
Boshimdan o‘tkazgan barcha azoblar — o‘tkinchi kun, yo?
Bu yolg‘onchi dunyo — shunchaki qoron‘gu tun, yo? (Yo)
Aldangan yuragim barin’ hisoblar, tunda uyqum yo‘q
Negadir halovat butun yod, balki ko‘zim to‘la qum, yo? (A)

Orzu havasingni narxi qancha?
Ozgina harakat qilsang, kerak bo‘lmaydi balki egar-u qamchi (Aha)
Bo‘yningni qismagan zanchir-ku, nimaga o‘tiribsan jim?
Ertaga armon bo‘lib qolgan maqsadlar bag‘ringda og‘riydi, sanchib
Qora mehnatmi — peshonang tepasiga yozilgan, taqdir atagani
Begonani nima qilasan? Kamida nafsing bor axir, aldagani
Yillar qaytmaydi ortga va borgan sari tezroq go‘rga haydar sani
Butun dunyo boyligini berishga tayyorman — vaqtni qaytar, qani?
Ey inson, ortiqcha gap-so‘z kerakmas — boricha gaz bos
Haqiqatning yuzi ba’zan chiroyli bo‘lmaydi, va shart emas pardoz
Shuncha iltijo qilib so‘raganlaringni unutma — o‘zing-ku qarzdor
Sovuq shamol-u bo‘ronlarga qilmagin parvo, qilganda parvoz (Yey)

Boshimdan o‘tkazgan barcha azoblar — o‘tkinchi kun, yo?
Bu yolg‘onchi dunyo — shunchaki qoron‘gu tun, yo? (Yo)
Aldangan yuragim barin’ hisoblar, tunda uyqum yo‘q
Negadir halovat butun yod, balki ko‘zim to‘la qum, yo? (Yo)
Boshimdan o‘tkazgan barcha azoblar — o‘tkinchi kun, yo?
Bu yolg‘onchi dunyo — shunchaki qoron‘gu tun, yo? (Yo)
Aldangan yuragim barin’ hisoblar, tunda uyqum yo‘q
Negadir halovat butun yod, balki ko‘zim to‘la qum, yo?

qarz - Uyqum yo‘q Matni (tekst)

Other lyrics by qarz


qarz – If qal’asi mahbusi
Masofalar olis, qalblarda bor olov Ichimdagi oruzlar ko‘targanda qo‘zg‘olon Najot paydo bo‘lgani sabab — isitmam oshgani Yulduzlarga yaqinman, yea Yulduzlarga yaqinman, yea A-a «qarz» Aytishadi-ku,...


qarz – Atrofim kuz
Sovuq shamol yana qo‘llarimni bog‘ladi Ertangi kunimga bo‘lgan yorug‘ oruzlarim' qulashi muzlagan osmondagi yulduzlar yog‘dusiga o‘xshaydi Qiziq... Hm-mm Atrofim — kuz va sovuq havo, sarg‘aygan...


qarz – Faktotum
Aniq fanlarga o‘tmadi tishim Raqamlardan iborat dunyoda gumanitariyman Haligacha topolmadim ishimni Pul va baxt orasida bilmadim nima tanlayman Patnis to‘la idish-tovoq tashuvchisi Odam to‘la avtobusdagi...


qarz – Fokus
Ye «qarz» Ye Afsuski, barchasidan charchadim, charchadim Oqni qoradan doim ajratib, ajratib Ortga qara, to‘kilgan qancha ter, qancha ter Hayot bu fokus, juda ajoyib (U-u)...


qarz – Masofalar
(Koinot bepoyonmi?) (Oxiri yo‘q manzillar) (O‘g‘irladi hayolim) (Tanangdan o‘tgan simlar) (Nega ko‘zlaring ma’yus?) (Adashdingmi yo‘lingda?) (Yoki yolg‘izlikdan hanuz) (Yaralar bor ko‘nglingda?) Masofalar oramizda, manzillar olis...