qarz - Atrofim kuz Matni (tekst)


Sovuq shamol yana qo‘llarimni bog‘ladi
Ertangi kunimga bo‘lgan yorug‘ oruzlarim’ qulashi muzlagan osmondagi yulduzlar yog‘dusiga o‘xshaydi
Qiziq… Hm-mm

Atrofim — kuz va sovuq havo, sarg‘aygan barglar
Shoshilar hamon singan yuraklar, qayta emaklab
Tun — qancha o‘y-xayol, bari murakkab
O‘tkinchi shamol — bilmayman qayga yana yetaklar
U — hayolimda, har o‘tgan soniyam, o‘tkazgan kunim
Ko‘raman har gal — ko‘z ochib-yumib
Yo‘q oddiy halovat, tinchlikdan asar
Unutolmadim. Charchagan asab — bilaman shuni

Zulmat ichida qolgan tunni najotsiz samo qamrab olgandek, sanga bo‘lgan har qanday hissiyotim bepoyon manzillar tomon uchadi
Afsus, yo‘llarimiz tutashmaslik uchun yaratilgandir

Yuragim tubidagi qorong‘u xonadan, qiynaganida xotiram qayta
Aldaganim yo‘q va boricha so‘radim — armon, sani isming, balki aytar?
Ancha oldin tuyg‘ularni ko‘mgandim — ba’zi a’zolar hatto chirigan
Bir o‘zim bilsam, bag‘rimga singarmi? Dardimni bilsinmi yo ko‘pchiligam?
Hayot qiziq, bir sarguzashtdek
Qasd-u alamlar, past-u balandlar
Dengiz tubimi, yo cho‘l-u dashtdek
Maydan yiroqman-u, mast bu qalamlar
Aytmoqchi bo‘lganim uncha qiyinmas
Shunchaki kuzda kelgan bir qayg‘udek
Eski dardlaringni narhi tiyinmas
Yopilgan eshiklar balki mangu berk

Atrofim — kuz va sovuq havo, sarg‘aygan barglar
Shoshilar hamon singan yuraklar, qayta emaklab
Tun — qancha o‘y-xayol, bari murakkab
O‘tkinchi shamol — bilmayman qayga yana yetaklar
U — hayolimda, har o‘tgan soniyam, o‘tkazgan kunim
Ko‘raman har gal — ko‘z ochib-yumib
Yo‘q oddiy halovat, tinchlikdan asar
Unutolmadim. Charchagan asab — bilaman shuni

Ba’zan o‘tmishga qaytish — yonib turgan cho‘g‘lar ustidagi raqsga teng
Balki musiqa qalbingni ovuntirib, qayg‘ularing unutarsan
Lekin ovozlar o‘chgandan keyin, shunchaki tanangni kuygani qoladi

qarz - Atrofim kuz Matni (tekst)

Other lyrics by qarz


qarz – If qal’asi mahbusi
Masofalar olis, qalblarda bor olov Ichimdagi oruzlar ko‘targanda qo‘zg‘olon Najot paydo bo‘lgani sabab — isitmam oshgani Yulduzlarga yaqinman, yea Yulduzlarga yaqinman, yea A-a «qarz» Aytishadi-ku,...


qarz – Faktotum
Aniq fanlarga o‘tmadi tishim Raqamlardan iborat dunyoda gumanitariyman Haligacha topolmadim ishimni Pul va baxt orasida bilmadim nima tanlayman Patnis to‘la idish-tovoq tashuvchisi Odam to‘la avtobusdagi...


qarz – Fokus
Ye «qarz» Ye Afsuski, barchasidan charchadim, charchadim Oqni qoradan doim ajratib, ajratib Ortga qara, to‘kilgan qancha ter, qancha ter Hayot bu fokus, juda ajoyib (U-u)...


qarz – Masofalar
(Koinot bepoyonmi?) (Oxiri yo‘q manzillar) (O‘g‘irladi hayolim) (Tanangdan o‘tgan simlar) (Nega ko‘zlaring ma’yus?) (Adashdingmi yo‘lingda?) (Yoki yolg‘izlikdan hanuz) (Yaralar bor ko‘nglingda?) Masofalar oramizda, manzillar olis...


qarz – Uyqum yo‘q
Yea A-a Boshimdan o‘tkazgan barcha azoblar — o‘tkinchi kun, yo? Bu yolg‘onchi dunyo — shunchaki qoron‘gu tun, yo? (Yo) Aldangan yuragim barin' hisoblar, tunda uyqum...