qarz - Masofalar Matni (tekst)

featuring: Madinabonu


(Koinot bepoyonmi?)
(Oxiri yo‘q manzillar)
(O‘g‘irladi hayolim)
(Tanangdan o‘tgan simlar)
(Nega ko‘zlaring ma’yus?)
(Adashdingmi yo‘lingda?)
(Yoki yolg‘izlikdan hanuz)
(Yaralar bor ko‘nglingda?)

Masofalar oramizda, manzillar olis
Nega yillar o‘tib ham seni izlar borim?
Ortingdan kezarman jim, o‘zga yo‘llar qolib
Bepoyon tubsizlikmi — birga bo‘lsak, ahvolim?
Masofalar oramizda, manzillar olis
Nega yillar o‘tib ham seni izlar borim?
Ortingdan kezarman jim, o‘zga yo‘llar qolib
Bepoyon tubsizlikmi — birga bo‘lsak, ahvolim?

Bahorni unutgan qaldirg‘och singari
Manzil noaniq, to‘rt tomonim qibla
Eslasam nechchi bor qanotlar singanin’
Bor vujudim qayta badanimda titrar
Yo‘l beshafqat, o‘rin yo‘q ehtirosga
Tuyg‘ular bo‘lindi ikkiga, ildiz osti
Balki kimsan, yolg‘izlik bizga mosdir
Ketishing talabin’ qabul qil, iltimosdek
Koinotda o‘rin yo‘q
Yuragim intilar galaktikalar osha bepoyon
Yo ko‘zimga ko‘rindi, yo o‘ngimda bo‘lding namoyon
Ayt, bu ne o‘yin?
Bor-u yo‘g‘im nomalum uchar jismdek
Yulduzlarni yoqdim bir bor ko‘rsin deb
Bag‘rimni kuydirarding har nafasda
Yonishga tayyordim, lek bo‘g‘ding-ku simdek
Ayt, nimani xohlarding?
Asrlar davomida umuman yerga qaytmaslikmi?
Sal teginsam, portlarding
Borliq cheksiz, lekin hayot yo‘q pastlikda
Yillar osha uchaman, noma’lum manzil
Aytolmagan gaplarim go‘yo qarzim
Yetib olishga sal qolganda, shunchaki
Izingdan kuzatish — bu hayot tarzim

Koinot bepoyonmi?
Oxiri yo‘q manzillar
O‘g‘irladi hayolim
Tanangdan o‘tgan simlar
Nega ko‘zlaring ma’yus?
Adashdingmi yo‘lingda?
Yoki yolg‘izlikdan hanuz
Yaralar bor ko‘nglingda?

Masofalar oramizda, manzillar olis
Nega yillar o‘tib ham seni izlar borim?
Ortingdan kezarman jim, o‘zga yo‘llar qolib
Bepoyon tubsizlikmi — birga bo‘lsak, ahvolim?
Masofalar oramizda, manzillar olis
Nega yillar o‘tib ham seni izlar borim?
Ortingdan kezarman jim, o‘zga yo‘llar qolib
Bepoyon tubsizlikmi — birga bo‘lsak, ahvolim?

(Koinot bepoyonmi?)
(Oxiri yo‘q manzillar)
(O‘g‘irladi hayolim)
(Tanangdan o‘tgan simlar)
(Nega ko‘zlaring ma’yus?)
(Adashdingmi yo‘lingda?)
(Yoki yolg‘izlikdan hanuz)
(Yaralar bor ko‘nglingda?)

qarz - Masofalar Matni (tekst)

Other lyrics by qarz


qarz – If qal’asi mahbusi
Masofalar olis, qalblarda bor olov Ichimdagi oruzlar ko‘targanda qo‘zg‘olon Najot paydo bo‘lgani sabab — isitmam oshgani Yulduzlarga yaqinman, yea Yulduzlarga yaqinman, yea A-a «qarz» Aytishadi-ku,...


qarz – Atrofim kuz
Sovuq shamol yana qo‘llarimni bog‘ladi Ertangi kunimga bo‘lgan yorug‘ oruzlarim' qulashi muzlagan osmondagi yulduzlar yog‘dusiga o‘xshaydi Qiziq... Hm-mm Atrofim — kuz va sovuq havo, sarg‘aygan...


qarz – Faktotum
Aniq fanlarga o‘tmadi tishim Raqamlardan iborat dunyoda gumanitariyman Haligacha topolmadim ishimni Pul va baxt orasida bilmadim nima tanlayman Patnis to‘la idish-tovoq tashuvchisi Odam to‘la avtobusdagi...


qarz – Fokus
Ye «qarz» Ye Afsuski, barchasidan charchadim, charchadim Oqni qoradan doim ajratib, ajratib Ortga qara, to‘kilgan qancha ter, qancha ter Hayot bu fokus, juda ajoyib (U-u)...


qarz – Uyqum yo‘q
Yea A-a Boshimdan o‘tkazgan barcha azoblar — o‘tkinchi kun, yo? Bu yolg‘onchi dunyo — shunchaki qoron‘gu tun, yo? (Yo) Aldangan yuragim barin' hisoblar, tunda uyqum...