qarz - Fokus Matni (tekst)


Ye
«qarz»
Ye

Afsuski, barchasidan charchadim, charchadim
Oqni qoradan doim ajratib, ajratib
Ortga qara, to‘kilgan qancha ter, qancha ter
Hayot bu fokus, juda ajoyib (U-u)
Afsuski, barchasidan charchadim, charchadim
Oqni qoradan doim ajratib, ajratib
Ortga qara, to‘kilgan qancha ter, qancha ter
Hayot bu fokus, juda ajoyib (U-u, u-u, yea)

Bo‘l, cho‘zilma, qani, kettik!
Hayotimiz bo‘lib qoldi marketing
Yorug‘ kunlar man tark etdi
Qora kunlar go‘yo targetda
Hammasini kul qil, bari asabimga tegdi
Tagidan olov yoq, tariximni yo‘q qil
Kelajagim ko‘rmay to‘rt-besh-bir farengeytda
Yosh qalbing bo‘lmasin nobud
Yangilik emas ekanligi qimmat dunyo bu
Umiding ketmasin, sovib
Lekin o‘rtani o‘chirsang, beshikni davomi tobut (Davomi tobut, yea)
Bu kunlar o‘tar, man o‘qib tugatgan kitobdagi varaqlar kabi
Chanqog‘im’ eslab, yutinib qo‘ysam, so‘lagim alamdek yaralar qalbim’
Yozaman desam, murakkab matn, miyang charchasa, topolmay farqin’
Man uchun muhim — yangilash tarix o‘zbek tilida qilganda talqin
Soddaligimga qolaman hayron
Oruzlarim bog‘ida qilganda sayrim’
Endigina to‘g‘ri yo‘l’ qadam qo‘yganimda
Umidli dunyo sinib ketgandek, vayron
Yuragimda kir yo‘q, adolatim cheksiz
Ko‘z ko‘zga qarab qochmas har yon
To‘rt mucham so‘g‘, joyida aqlim
Tarsaki sol, qilsam gar faryod

O‘zga olamga o‘tgim kelar, ochib eshigin shkafim
Atrofga qara — hayot bu fokus, «Kansas City Shuffle»
Havo yetishmagandek, bo‘ynim bo‘g‘masa ham sharfim
O‘ylashga vaqt yo‘q endi, baribir (Chunki)

Barchasidan charchadim, charchadim
Oqni qoradan doim ajratib, ajratib
Ortga qara, to‘kilgan qancha ter, qancha ter
Hayot bu fokus, juda ajoyib (U-u)
Afsuski, barchasidan charchadim, charchadim
Oqni qoradan doim ajratib, ajratib
Ortga qara, to‘kilgan qancha ter, qancha ter
Hayot bu fokus, juda ajoyib (U-u, u-u, yea)

qarz - Fokus Matni (tekst)

Other lyrics by qarz


qarz – If qal’asi mahbusi
Masofalar olis, qalblarda bor olov Ichimdagi oruzlar ko‘targanda qo‘zg‘olon Najot paydo bo‘lgani sabab — isitmam oshgani Yulduzlarga yaqinman, yea Yulduzlarga yaqinman, yea A-a «qarz» Aytishadi-ku,...


qarz – Atrofim kuz
Sovuq shamol yana qo‘llarimni bog‘ladi Ertangi kunimga bo‘lgan yorug‘ oruzlarim' qulashi muzlagan osmondagi yulduzlar yog‘dusiga o‘xshaydi Qiziq... Hm-mm Atrofim — kuz va sovuq havo, sarg‘aygan...


qarz – Faktotum
Aniq fanlarga o‘tmadi tishim Raqamlardan iborat dunyoda gumanitariyman Haligacha topolmadim ishimni Pul va baxt orasida bilmadim nima tanlayman Patnis to‘la idish-tovoq tashuvchisi Odam to‘la avtobusdagi...


qarz – Masofalar
(Koinot bepoyonmi?) (Oxiri yo‘q manzillar) (O‘g‘irladi hayolim) (Tanangdan o‘tgan simlar) (Nega ko‘zlaring ma’yus?) (Adashdingmi yo‘lingda?) (Yoki yolg‘izlikdan hanuz) (Yaralar bor ko‘nglingda?) Masofalar oramizda, manzillar olis...


qarz – Uyqum yo‘q
Yea A-a Boshimdan o‘tkazgan barcha azoblar — o‘tkinchi kun, yo? Bu yolg‘onchi dunyo — shunchaki qoron‘gu tun, yo? (Yo) Aldangan yuragim barin' hisoblar, tunda uyqum...