qarz - If qal’asi mahbusi Matni (tekst)


Masofalar olis, qalblarda bor olov
Ichimdagi oruzlar ko‘targanda qo‘zg‘olon
Najot paydo bo‘lgani sabab — isitmam oshgani
Yulduzlarga yaqinman, yea
Yulduzlarga yaqinman, yea
A-a
«qarz»

Aytishadi-ku, agar inson biron nimani chin qalbdan niyat qilsa, butun koinot uni shunga yetishtirish payida bo‘ladi, deb
Bugun sizlar meni orzuimga yetishtirdinglar
Xuddi filmlarimizdagi kabi, hayotimizda ham oxirida hammasi yaxshi yakun topadi
Yaxshi yakun topmasa, demak filmimning hali davomi bor
Yea, a-a, yea

Qisqasi, yana o‘sha gap:
Yozgan musiqam bir piyola choying uchun, go‘yoki shakar
Toshdek tuyilganida, yumshoq to‘shagam
Baxtga to‘la qalbing allaqachonlar bo‘shagandir (Eyy)
Ketmaydimi, yo‘qolib?
Ming xil mayda gap eshitib o‘tirishga yo‘q holim
Nima qilardim, bo‘ynimga yuklarni ko‘p olib?
Yashab o‘tsam bo‘ladi-ku, «tinch quloq, och qorin,» deb
Xafa bo‘lma, bag‘riga bosmasa omad
Ranglari o‘chgan bu dunyoda telba rassomman
Tubsizlikda ham topa olgan go‘zal nafosat
Qora qozoning’ egallayman, oqarsa kosam
Baxtimni musiqamda topdim, deymi?
Xavfli tajriba qildim taqdirim bilan — go‘yo man Oppengeimer
Atrofim to‘la NPC — to‘g‘risi, jonga tegdi
Gulxanga o‘tin tashlab, barchasini yoqgim keldi
Hayotga katta talabim yo‘q, aslida
Birorta davlat ishida yursam bo‘lmasmidi?
Onam havotirda: diplomi yo‘q, kasbi ham
Hamma balo hayotida musiqa dastidanmi?
Ayt, dardlasha olmasam odamlar bilan yuzma-yuz
Kunduzlar tez o‘tib ketgan payt — tunlarim ma’yus
Mag‘lub bo‘lgan damlarimga chekmayman afsus
Bemor bo‘lgan yuragimga musiqam — afsun

Masofalar olis, qalblarda bor olov
Ichimdagi orzular ko‘targanda qo‘zg‘olon
Najot paydo bo‘lgani sabab — isitmam oshgani
Yulduzlarga yaqinman, lek sun’iy yo‘ldosh kabi
O‘zimcha musiqa yozib yuribman, ovunib
Qalblarni birlashtirmasa Nyutonni qonuni?
So‘zlarim joy topar yurakdan, balki haq bo‘lsam
Boylik kutar oldinda If qal’asin’ mahbusi’

Masofalar olis, qalblarda bor olov
Ichimdagi orzular ko‘targanda qo‘zg‘olon
Najot paydo bo‘lgani sabab — isitmam oshgani
Yulduzlarga yaqinman, lek sun’iy yo‘ldosh kabi
O‘zimcha musiqa yozib yuribman, ovunib
Qalblarni birlashtirmasa Nyutonni qonuni?
So‘zlarim joy topar yurakdan, balki haq bo‘lsam
Boylik kutar oldinda If qal’asin’ mahbusi’

qarz - If qal’asi mahbusi Matni (tekst)

Other lyrics by qarz


qarz – Atrofim kuz
Sovuq shamol yana qo‘llarimni bog‘ladi Ertangi kunimga bo‘lgan yorug‘ oruzlarim' qulashi muzlagan osmondagi yulduzlar yog‘dusiga o‘xshaydi Qiziq... Hm-mm Atrofim — kuz va sovuq havo, sarg‘aygan...


qarz – Faktotum
Aniq fanlarga o‘tmadi tishim Raqamlardan iborat dunyoda gumanitariyman Haligacha topolmadim ishimni Pul va baxt orasida bilmadim nima tanlayman Patnis to‘la idish-tovoq tashuvchisi Odam to‘la avtobusdagi...


qarz – Fokus
Ye «qarz» Ye Afsuski, barchasidan charchadim, charchadim Oqni qoradan doim ajratib, ajratib Ortga qara, to‘kilgan qancha ter, qancha ter Hayot bu fokus, juda ajoyib (U-u)...


qarz – Masofalar
(Koinot bepoyonmi?) (Oxiri yo‘q manzillar) (O‘g‘irladi hayolim) (Tanangdan o‘tgan simlar) (Nega ko‘zlaring ma’yus?) (Adashdingmi yo‘lingda?) (Yoki yolg‘izlikdan hanuz) (Yaralar bor ko‘nglingda?) Masofalar oramizda, manzillar olis...


qarz – Uyqum yo‘q
Yea A-a Boshimdan o‘tkazgan barcha azoblar — o‘tkinchi kun, yo? Bu yolg‘onchi dunyo — shunchaki qoron‘gu tun, yo? (Yo) Aldangan yuragim barin' hisoblar, tunda uyqum...