qarz - Ko‘rganim sabr Matni (tekst)


Qani, endi qaytganida o‘tgan yillarim
Avvalo o‘ylab ko‘rardim ko‘p gapirgani
Kim nima desa ham, doim «xo‘p,» deb turardim
Taqdirim choptirmasaydi ko‘pkari kabi
Sochim oqargani qolar, kutganim sayin
O‘zimga ayon boshimdan o‘tganin’ ta’mi
Hech bo‘lmasa, yorug‘ kunlar qo‘ysin jilmayib
Bugungacha faqatgina ko‘rganim — sabr

Boshim’ qotirma, o‘zi yetarli ko‘p dard
Doim omadsizlik mehmondek o‘tiradi to‘rda
Asabim shunchalik g‘azabda — yoqtirmaydi ko‘p gap
Zo‘r futbolchi bo‘larmidim, olsam alamim’ to‘pdan?
Kuzataman ko‘pdan beri — o‘zbek repi ajoyib
Lekin chin dildan eshitolmayman-ku, tan berib
Balki o‘tlar o‘sar, muzlar erib… yo aksincha?
Nimayam qilardim o‘zi, ko‘p gapirib?
Qo‘ysangchi
O‘yin shartlari oddiy: barmoqdaysan — ko‘rsatgich yo o‘rtancha
Gapingda jon bo‘lsin asosiysi, bo‘yningda bo‘lmasa ham ko‘p zanjir
O‘zingdan ketmaslik uchun, badaning qo‘y sanchib
Birovni ustidan kulish emas — qayg‘uraman chin yurakdan
Balki, bizga olovdek yonganlar kerakdir?
Mani tinglovchi qalb — o‘tib bo‘lgan elakdan
Yong‘inni o‘chirib bo‘lmaydi-ku, teshik chelakda
Ortimdan aytilgan ming xil gaplar — bari safsata
Hech kimga nisbatan nafratim yo‘q
Sayoz aql egasiga tug‘dirmayman xavf-xatar
Ko‘p kutishga arzimas bu qaytar dunyo
Asosiysi — siyosatim oddiy: oddiy motiv
O‘zidan ketgan, deb o‘ylama hech
Tanqid qilishdan oldin, yarata oldim alternativ
Borim’ tikdim musiqamga — bo‘lsa ham kech

Qani, endi qaytganida o‘tgan yillarim
Avvalo o‘ylab ko‘rardim ko‘p gapirgani
Kim nima desa ham, doim «xo‘p,» deb turardim
Taqdirim choptirmasaydi ko‘pkari kabi
Sochim oqargani qolar, kutganim sayin
O‘zimga ayon boshimdan o‘tganin’ ta’mi
Hech bo‘lmasa, yorug‘ kunlar qo‘ysin jilmayib
Bugungacha faqatgina ko‘rganim — sabr

Qani, endi qaytganida o‘tgan yillarim
Avvalo o‘ylab ko‘rardim ko‘p gapirgani
Kim nima desa ham, doim «xo‘p,» deb turardim
Taqdirim choptirmasaydi ko‘pkari kabi
Sochim oqargani qolar, kutganim sayin
O‘zimga ayon boshimdan o‘tganin’ ta’mi
Hech bo‘lmasa, yorug‘ kunlar qo‘ysin jilmayib
Bugungacha faqatgina ko‘rganim — sabr

qarz - Ko‘rganim sabr Matni (tekst)

Other lyrics by qarz


qarz – If qal’asi mahbusi
Masofalar olis, qalblarda bor olov Ichimdagi oruzlar ko‘targanda qo‘zg‘olon Najot paydo bo‘lgani sabab — isitmam oshgani Yulduzlarga yaqinman, yea Yulduzlarga yaqinman, yea A-a «qarz» Aytishadi-ku,...


qarz – Atrofim kuz
Sovuq shamol yana qo‘llarimni bog‘ladi Ertangi kunimga bo‘lgan yorug‘ oruzlarim' qulashi muzlagan osmondagi yulduzlar yog‘dusiga o‘xshaydi Qiziq... Hm-mm Atrofim — kuz va sovuq havo, sarg‘aygan...


qarz – Faktotum
Aniq fanlarga o‘tmadi tishim Raqamlardan iborat dunyoda gumanitariyman Haligacha topolmadim ishimni Pul va baxt orasida bilmadim nima tanlayman Patnis to‘la idish-tovoq tashuvchisi Odam to‘la avtobusdagi...


qarz – Fokus
Ye «qarz» Ye Afsuski, barchasidan charchadim, charchadim Oqni qoradan doim ajratib, ajratib Ortga qara, to‘kilgan qancha ter, qancha ter Hayot bu fokus, juda ajoyib (U-u)...


qarz – Masofalar
(Koinot bepoyonmi?) (Oxiri yo‘q manzillar) (O‘g‘irladi hayolim) (Tanangdan o‘tgan simlar) (Nega ko‘zlaring ma’yus?) (Adashdingmi yo‘lingda?) (Yoki yolg‘izlikdan hanuz) (Yaralar bor ko‘nglingda?) Masofalar oramizda, manzillar olis...