Yea
Hali manzillar olis, to‘xtamagancha tomirimda qonim (Yo‘q)
Omad bilan berkinmachoq o‘ynayapman — bo‘lolmadim hali g‘olib (Aslo)
Hisob raqamim hatto eshitmagan nimaligini “million dollar” (Nol)
Qiyinchiliklar bo‘la olgan, o‘lgan yuragimga donor (A-a)
Aldayotgan ko‘zgumi? (Aha) Alam to‘la kulgu
Qarz olganman baxtsizlikdan — baxtsizlikda, chunki pul ko‘p
Birga, qalban yaratgan bilan boshim uzra falagim ko‘k (Ko‘k)
Usti kir bo‘lsin, lek toza ko‘ngli — avvalambor tilagim shu (A-a)
Qaddingni rostla — bu hayotda o‘z o‘rning bor sani (Albatta)
O‘lim bu yakun emas; noming’ qoldir, kimdir tortsa ham dor sari
Kuch — bu adolatda, mard insonlar taqdirni tanlovi (Aha)
Pul va mansabga bo‘lma oshiq — asosiysi, qalbing’ olovi
Ajablanma, inson — hali yo‘lingda eshitasan ming xil bahona (Yuz foiz)
Mani ham yoshligimda umuman bo‘lmagan alohida xonam (Umuman)
Vaqt — bu Formula 1, Ralli, Dakar yoki poyga, Safari
Qayerda bo‘lishing muhim emas — unutma qadriyatlaring’ (Aslo)
Hayot — bu bir zumda o‘tguvchi, ko‘z yumsang
Qalbing’ olovi aks etguvchi ko‘zgusan
Mag‘lubiyat ovozi o‘chib, jim tursin
Harakat qil — farqi yo‘q uncha, kim bo‘lsang (qarz)
Bo‘yninga dor kelsa ham — aslo boshing’ egma (A-a-a-a-a-a-a-a-a-a)
Bo‘yninga dor kelsa ham — aslo boshing’ egma (A-a-a-a-a-a)
Bo‘yninga dor kelsa ham — aslo boshing’ egma (A-a-a-a-a-a-a-a-a-a)
Bo‘yninga dor kelsa ham — aslo boshing’ egma (A-a-a-a-a-a-a)