Mazmunsiz o’tar kun
O’tar har soniya fasllar sensiz
Ayriliqdan sog’inchdan
Qara shu nday keng sevgi osmoni ensiz

Biz bora yo’llarimiz ikki tomon
Bo’lingan ayro yo’l ekan
Yo taqdir shu ekan sho’r peshonamga
Yozilgan bir kun ekan

Qalbim mani dard cheksa
Davosi yo’q dardga qo’shib yana ketsa
Hasta bechora yurak bariga chidasa
Bir bor kelib tasalli ber

Dard to’la bu qalbim javobsiz
Savollarga yetarmikan sabrim
Jafolaring dastidan kuydi bu dilim
Bir bor kelib tasalli ber

Firoqing bag’rim o’ymaguncha
Visoling armon bo’lmaguncha
Hech bo’lmasa mayli shu kecha
Kelib bir bor tasalli ber
Bir bor kelib tasalli ber

Ismingni yurakka o’yib
Sur’ating devorga qo’yib
Vaslinga kel olay to’yib
Bir bor kelib tasalli ber

Qalbim mani dard cheksa
Davosi yo’q dardga qo’shib yana ketsa
Hasta bechora yurak bariga chidasa
Bir bor kelib tasalli ber

Dard to’la bu qalbim javobsiz
Savollarga yetarmikan sabrim
Jafolaring dastidan kuydi bu dilim
Bir bor kelib tasalli ber

Other lyrics by Shohruxxon Abdug'ofurov:

Otam

Dunyoga qayta kelishni iloji bo’lsa Otangni tanla deb menga imkon berilsa Qayta yana qayta sizni tanlayman ota Rahmatlar aytay sizga ming bora ota Erka bo’lib …

Tasalli ber

Mazmunsiz o’tar kun O’tar har soniya fasllar sensiz Ayriliqdan sog’inchdan Qara shu nday keng sevgi osmoni ensiz Biz bora yo’llarimiz ikki tomon …

Yomg'ir

Tun tun tun Yana yomg’ir yog’ar maydalab Bo’lmadi butun Meni qalbim seni erkalab Uzun uzun uzun Menga sensiz bu qora tunlar Oxiri cheksiz …