Sovuq shamol men tomon yelsa
Qildek bu jonimga tashvishlar kelsa
Taqdir sinovlari zarbalar bersa
Yaxshiyam-ki bu dunyoda onajonim bor (2x)
Bu dunyoning to‘lmas ekan kamlari
Birda yaxshi, birda kelar g‘amlari
Hayot safar bo‘lsa, umrimiz uning yo‘llari
Yaxshiyam-ki bu dunyoda onajonim bor (2x)
Har onimda biling siz g‘animatim
Bu dunyoda borligim siz omonatim
Yo‘llarimda, ishlarimda siz duogo‘yim
Yaxshiyam-ki bu dunyoda onajonim bor (2x)
Past-u baland bo‘lsa gar bu yo‘llarim
Siz tufayli yetar hatto ko‘kga qo‘llarim
Do‘st-u yaqinlardan ko‘rsam yomonlik
Yaxshiyam-ki bu dunyoda onajonim bor (2x)
Nurli yuzidagi ajin dog‘larni ko‘rib
Sochlaridagi oppoq qorlarni ko‘rib
Umr o‘tmay turgin biroz sabr qil
Onam rozi qilay duosin olib (2x)

Other lyrics by Jamshid Jo'ramurodov:
Onajonim bor
Sovuq shamol men tomon yelsa Qildek bu jonimga tashvishlar kelsa Taqdir sinovlari zarbalar bersa Yaxshiyam-ki bu dunyoda onajonim bor (2x) Bu dunyoning to‘lmas ekan …