Yodingdami biz yurgan ko‘chalar?
Bu ko‘chalarda dardlar kuyi chalinar
Eslaysanmi sen ham bahor kelganda
Yoshligimiz ushalmagan orzular (2x)

Baxtli damlarni esla
Onda-sonda bir esla
Ayriliqni eslama
Ko‘ngil g‘ashlab o‘ylama
Eslasang kulib esla
Yoshlikday sevib esla
Bizni sevgi o‘lmagan
Taqdir nasib etmagan (2x)

Jonim

Oyda ham dog‘ bo‘lgani kabi
Insonning ham bordir armoni
Chaman ichra gulbog‘lar kezdim
G‘uncha gullar dardin bilgani

Ular xafa sevishganlardan
Ermagiga tanishganlardan
Sevgi, do‘stlik o‘yinchoq emas
Bu gaplarim shunchaki emas

Baxtli damlarni esla
Onda-sonda bir esla
Ayriliqni eslama
Ko‘ngil g‘ashlab o‘ylama
Eslasang kulib esla
Yoshlikday sevib esla
Bizni sevgi o‘lmagan
Taqdir nasib etmagan
Jonim

Other lyrics by G'ayrat Yarlakabov:

Esla

Yodingdami biz yurgan ko‘chalar? Bu ko‘chalarda dardlar kuyi chalinar Eslaysanmi sen ham bahor kelganda Yoshligimiz ushalmagan orzular (2x) Baxtli damlarni esla …