Rizolatga to’la dunyo boylar ko’zin
Yolg’on yuzli odamlari poylar izin
Xatolarim shaytonlarga to’nkab o’zim
Bandamanda deya yurgan inson menman
Kechir meni yo Allohim, kechir meni
Sendan qochgan yana senga qaytar oxir
Maxshar kuni tavbasini aytar oxir
Shular kabi bo’lib qolmay deyman oxir
Ikki yo’lning orasida sarson menman
Kechir meni yo Allohim, kechir meni
Robbisidan uzoqlashgan nodon menman
Nodon menman,
Gunohlarga qadam qo’ygan yomon menman
Yomon menman,
Qalbi chechak emas asli xazon menmen
Xazon menman
Kechir meni yo Allohim, kechir meni
Robbisidan uzoqlashgan nodon menman
Nodon menman,
Gunohlarga qadam qo’ygan yomon menman
Yomon menman,
Qalbi chechak emas asli xazon menmen
Xazon menman
Kechir meni yo Allohim, kechir meni
Gunohidan qo’rqamanu lekin ammo
Shu gunohga qo’l cho’zaman bilmay go’yo
Bu qandayin amal bo’ldi yo tavba yo
Va’da berib va’dalari arzon menman
Kechir meni yo Allohim, kechir meni
Saodatga eltar yo’lga qo’ysam qadam
Yuragimni tirnamasdi uyquda g’am
Senga loyiq banda bo’lsam deyman men ham
Xatolarga qaytgisi yo’q pushaymon menman
Kechir meni yo Allohim, kechir meni
Robbisidan uzoqlashgan nodon menman
Nodon menman,
Gunohlarga qadam qo’ygan yomon menman
Yomon menman,
Qalbi chechak emas asli xazon menmen
Xazon menman
Kechir meni yo Allohim, kechir meni
Robbisidan uzoqlashgan nodon menman
Nodon menman,
Gunohlarga qadam qo’ygan yomon menman
Yomon menman,
Qalbi chechak emas asli xazon menmen
Xazon menman
Kechir meni yo Allohim, kechir meni

Other lyrics by Dildora Niyozova:
Bala-bala
Дилдора Ниёзова - Бала-бала Shu kunlarda yuragim Tez tez uryapti Shu bir bola Ortimdan aslo qolmayapti Mashinasida signal chalsa Pa parvoyim yo’q Ko’chamgacha kelar lek …
Er bo'lmasa, kimsan ayol
Haddingni bil haddingdan oshma Dengizdayin koʻpirma toshma Bir savol bor javob ber shoshma Er boʻlmasa ayt kimsan ayol Kelin yanga turarlar qopib Otang qoʻyar eshikni …
Kechir
Rizolatga to’la dunyo boylar ko’zin Yolg’on yuzli odamlari poylar izin Xatolarim shaytonlarga to’nkab o’zim Bandamanda deya yurgan inson …
Ona (2025)
Har tomon ko’cha boshiga qarab Keb qolar deb yuragi habqirib Qo’l ochsa duoga sog’ligim so’rab Sog’inchlarda yashaydi onam Sen yaxshi …
Qizg’aldoq
Qizg’aldog’im bag’ring qon Bo’ldimi qadring arzon Yillar uzib yaprog’ing Bandingni qildi sarson Shabnam o’pib yengingni O’yin qildi sevgingni Sarg’ayibsan qirlarda …