Yo‘llarimiz uzoqlashdi ayro bo‘ldik jonim
Menga aytgan va’dalar qayda qoldi jonim?
Yupatishga topilmas imkon topolmasam seni har qachon
Uchrashishga chorang yo‘q dog‘da qoldim jonim

Sog‘indim, sendan kechmay sog‘indim
Sog‘indim, senga yetmay sog‘indim (2x)

Yurak ishi qiyin ekan kech desam-da kechmaydi
Ro‘molingni atri ham ko‘ynagimdan ketmaydi
Har qarashing yurakga nayza kabi sanchilgan
Yuragimda chandiqlar ol, madorim yetmaydi

Sog‘indim, sendan kechmay sog‘indim
Sog‘indim, senga yetmay sog‘indim (2x)

Unutish oson ishmas xotira yonib borar
Seni ishqingda ado yoshligim yonib borar
Yolg‘on gaplarni qo‘ygin bo‘ldi meni o‘ylama
Ko‘zyoshlaring dardimga dardlarim qo‘shib borar

Sog‘indim, sendan kechmay sog‘indim
Sog‘indim, senga yetmay sog‘indim (2x)

Other lyrics by Bahrom Zuhrillayev:

Sog‘indim

Yo‘llarimiz uzoqlashdi ayro bo‘ldik jonim Menga aytgan va’dalar qayda qoldi jonim? Yupatishga topilmas imkon topolmasam seni har qachon Uchrashishga chorang yo‘q …