Yomonsan dedingiz mayli bo‘lay yomon
Ko‘ngil ko‘changizdan uzdim qadamlar
Endi jim yig‘lashga qo‘yib beringlar
Mendan uzoq yuring yaxshi odamlar
Musofir jonimni sarson qildingiz
Zarra mehringizga ming zor qildingiz
Umrimni o‘nglanmas abgor qildingiz
Mendan uzoq yuring yaxshi odamlar
Aybim aytib yuring uyalmasangiz
Kamim aytib kuling uyalmasangiz
Kunim o‘tmasmidi siz bo‘lmasangiz
Mendan uzoq yuring yaxshi odamlar
Maqtaning sirlarin fosh qilganman deb
Boladek ko‘nglini tosh qilganman deb
O‘zingizdan ketmang o‘lmaydigandek
Mendan uzoq yuring yaxshi odamlar (2x)
Aybim aytib yuring uyalmasangiz
Kamim aytib kuling uyalmasangiz
Kunim o‘tmasmidi siz bo‘lmasangiz
Mendan uzoq yuring yaxshi odamlar
Siz juda bexato, beayb zotsiz
Shundan juda manman kalandimoqsiz
Mening dunyoimdan ancha yiroqsiz
Mendan uzoq yuring yaxshi odamlar

Other lyrics by Azizshox Abduvaliyev:
Yaxshi odamlar
Yomonsan dedingiz mayli bo‘lay yomon Ko‘ngil ko‘changizdan uzdim qadamlar Endi jim yig‘lashga qo‘yib beringlar Mendan uzoq yuring yaxshi odamlar Musofir jonimni sarson …