Mayin esgan sabo bo‘lding
Dilga yoqqan navo bo‘lding (2x)
Menga aziz a’lo bo‘lding
Boshimga bitgan balo bo‘lding (2x)
Sevgilim-o sevgilim
Boshimga bitgan balo bo‘lding (2x)
Osmonda oy kulcha edi
Maning ko‘nglim olcha edi (2x)
Labing sani g‘uncha edi
Dilingda ishq qancha edi? (2x)
Sevgilim-o sevgilim
Dilingda ishq qancha edi?
Sevgilim-o sevgilim
Boshimga bitgan balo bo‘lding
Qulfi dilim ochib ketding
Yo‘limga gul sochib ketding (2x)
Keyin birdan qochib ketding
Qushga o‘xshab uchib ketding (2x)
Sevgilim-o sevgilim
Qushga o‘xshab uchib ketding
Sevgilim-a sevgilim
Qushga o‘xshab uchib ketding
Kelsang mushtoq bo‘lmas edim
O‘zgasiga kulmas edim (2x)
Dilimga o‘t yoqmas edim
Qoshimni ham qoqmas edim (2x)
Ishqsiz yashab bilasanmi?
Meni so‘rab kelasanmi? (2x)
Sevgilim-o sevgilim
Meni so‘rab kelasanmi?
Sevgilim-o sevgilim
Zokirni so‘rab kelasanmi?
Meni so‘rab kelasanmi?
Kelasanmi, kelasanmi?