Senmiding qalbimdan chiqmagan so‘zim?
Yuragim tubida yashirin isming
Sevgi kitobining so‘ngi varog‘i
Qo‘limda hali ham sarg‘aygan rasming
Senmiding tunlari tushimga kirgan?
Yodimga tushganda jilmayar ko‘zing
Bir umr yashaydi mening qalbimda
Sen atalgan ex qancha so‘zim
Bir so‘zim bor bu qalbimda qolib ketgan
Xatlarim bor olovlarda yonib ketgan
Senga bo‘lgan pok sevgimning ta’riflarini
Shoirlar bor kitoblarda yozib ketgan (2x)
Senmiding ko‘nglimga orzular solgan?
Yuragim qo‘msaydi o‘tsa ham yillar
Bir bora qaytishing imkoni yo‘qdir
Sog‘inchdan bezovta darbadar dillar
Senmiding eng shirin armonim go‘zal
Yoqimli xotira eslasam agar
Balki butun umr qalbimda borsan
Bugun ham ko‘ngilga hayajon solgan
Bir so‘zim bor bu qalbimda qolib ketgan
Xatlarim bor olovlarda yonib ketgan
Senga bo‘lgan pok sevgimning ta’riflarini
Shoirlar bor kitoblarda yozib ketgan (2x)