Yulduz Usmonova - Qizg‘aldoq Matni (tekst)


Qizg‘aldog‘im qirdan bo‘lak koshonang yo‘q
Kokil yoysang yerdan bo‘lak tosh oynang yo‘q
O‘ksib-o‘ksib turganingda o‘zim borib
Peshonangdan o‘pay desam peshonang yo‘q (2x)

Qizg‘aldog‘im sen ardog‘im
Ovunchog‘im qizg‘aldog‘im (2x)

Qadring bilgan darding bilgan ayt kiming bor?
Kelib ketar bahor senga bevafo yor
Go‘zalsan-ki sanga bari gullar ag‘yor
Oh ursang bu ohing tinglar ostonang yo‘q

Sollanasan kelinchakday boshing egib
Jayron o‘tgan so‘qmoqlarga yoshing to‘kib
Qizil yuzing qon dilimga turar tegib
Meningdek sen g‘aribning ham parvonang yo‘q

Qizg‘aldog‘im sen ardog‘im
Ovunchog‘im qizg‘aldog‘im (2x)

Qizg‘aldog‘im sen ardog‘im
Ovunchog‘im qizg‘aldog‘im (4x)

Yulduz Usmonova - Qizg‘aldoq Matni (tekst)

Other lyrics by Yulduz Usmonova


Yulduz Usmonova & Malik – Pomada
Juda juda yarashgan Labizdagi pomada Qizil rangni yoqtirardiz Adashmasam chamamda Bunaqa go'zallikni hech Ko'rmadim hayotimda Rosti gap man namebenam Hatto tushimda Sizga bergan gullarim Olmasez...


Yulduz Usmonova – Layli
Tungim turar yuragim tinch emas Sensiz umrim bahori tatimas Aytmay yuray desam ham bo'lar ediku Sensiz bu yurak huzur ko'rmas Meni devona deyishdi indamadim Ishqni...


Yulduz Usmonova & Xamdam Sobirov – Daryo-Daryo
Daryolar tez oqib ketdi Yoshligimni olib ketdi Telbalar bo'lib sevganlar meni Marg'ilonda qolib ketdi Yulduz opa telvizordan Tushmay qo'ydiz Ukam bordeb bir qo'ng'iroq Qilmay qo'ydiz...


Yulduz Usmonova – Mazzi
Artimdan ne yuribdi qashi - ko'zi Qara cho'ji bala, gap so'zidan bilib turibman Aniq bilaman bu sho'x bala Artimdan ne yuribdi qashi - ko'zi Qara...


Yulduz Usmonova – Sardobaning yo’lida
Yorimdan bir xabar ololmadima Ataylab yoniga borolmadima Yorimdan bir xabar ololmadima Ataylab yoniga borolmadima Uch kunda kelaman deya ketdi u Ichimdagi so'zim aytolmadima Uch kunda...