Kulib yursak ko‘ngilda qish bo‘larmi?
Xudo desak shaytonga ish qolarmi?
Bir o‘ylab ko‘r ey dunyoning mehmoni
Ketgan imkon yana qaytib kelarmi?
Har yurakga bitta oshno kerakmish
Kim-ki yolg‘iz qolsa joni halakmish
Bir tabassum bo‘lsa inson ehsoni
Bu ham bitta ohiratdan darakmish
Go‘zal yashaylik, go‘zal kulaylik
Ohiratda ham ko‘rishaylik
Go‘zal yashaylik, go‘zal bo‘laylik
Ohiratda ham topishaylik
Ertami kech har kim topar tengini
Qizg‘onmasa undan yurak mehrini
Aslo yaqin yo‘lolmas ishq balosi
Pok-pokiza asrayolsa sevgini
Yo‘qolmasa andisha-yu oriyat
Oramizda omon qolgan oqibat
Bizga nasib bo‘lar Jannat bo‘stoni
Siz-u bizdan obod bo‘lsa ohirat
Go‘zal yashaylik, go‘zal bo‘laylik
Ohiratda ham ko‘rishaylik
Go‘zal yashaylik, to‘g‘ri bo‘laylik
Ohiratda ham topishaylik
Go‘zal yashaylik, halol bo‘laylik
Ohiratda ham ko‘rishaylik
Go‘zal yashaylik, go‘zal bo‘laylik
Ohiratda ham ko‘rishaylik
Go‘zal yashaylik