Bahorman deb bahor kulib keladi
Yoz issig‘i jonlar yoqib keladi
Hosilli kuz bizni hursand qiladi
Hisob uchun izg‘irin qish keladi
Hayot ham sevgi bilan boshlanadi-ye
Muhabbatda to‘la qalbing yonadi
To‘y-tomosha qilib umring o‘tadi-ye
Qarabsan-ki bir kun ajal yonda turadi
Dunyo, ona qilib yaratmagin dunyo
Farzand dog‘in ko‘rsatmagin dunyo
Onalarning onasisan
Kim farzandin yomon ko‘rar?
Insofini tilab bergin
Dunyo, kim yomon bo‘lgisi kelar dunyo
Kim yerda yurgisi kelar dunyo
Orzular ham bulutlarda
Qanotlari bo‘lmasa ham
O‘rni bor uchgisi kelar dunyo
Bo‘lmas, zamonni qaytarib bo‘lmas
Bo‘lmas, bukrini to‘g‘irlab bo‘lmas
Bo‘lmas, ajalni qaytarib bo‘lmas
Ona uchun farzand birdir
Bolaning yomoni bo‘lmas
Aytmas, inson to‘g‘rini hech aytmas
Qaytmas, yomonlar fitnadan qaytmas
Kechmas, mardlar maydonidan kechmas
Har inson fe’li boshqadir
Ona uchun yomon bo‘lmas
Dunyo, ko‘zlarim nurini olma dunyo
Qalbim shuurini olma dunyo
Faqat sen olim bu ishqda
Olsa ham mening jonimni
Olma faqat iymonimni
Dunyo, umrini ber bolalarimni dunyo
Ko‘paytirgin do‘stlarimni dunyo
San taniysan dushmanimni
Yomonlik istamayman der
Unutma haqiqatingni
Dunyo