Sevganim gunohimmi, ayt?
Qara muzlab boryapman, qayt
Majnun bo‘ldim, devona
Qara uyg‘onmayapman, qayt
Shamollarga uchib ketsin
Daydi yurak alamlari
Sinsa mayli, sinib ketsin
Shoir yozgan qalamlari
Toshbo‘ronlar bo‘lib ketsin
Xiyonatkor qadamlari
Kerak emas, qurib ketsin
Shu zamonning sanamlari
Yaxshi qol, yaxshi qol
Yuzsizginam-o, mensizginam-o
Yaxshi bor, mayli bor
Dilsizginam-o, hissizginam-o
Kimga zor, kimlarga zor
Baxtli bo‘lsam, yonib ketma
Bo‘lma xor, bo‘lma xor (2x)
Ishonganim gunohimmi, ayt?
Yana muzlab boryapman, qayt
Bugun bizlar begona
Mana uyg‘onmayapman, qayt
Shamollarga uchib ketsin
Daydi yurak alamlari
Sinsa mayli, sinib ketsin
Shoir yozgan qalamlari
Toshbo‘ronlar bo‘lib ketsin
Xiyonatkor qadamlari
Kerak emas, qurib ketsin
Shu zamonning sanamlari
Yaxshi qol, yaxshi qol
Yuzsizginam-o, mensizginam-o
Yaxshi bor, mayli bor
Dilsizginam-o, hissizginam-o
Kimga zor, kimlarga zor
Baxtli bo‘lsam, yonib ketma
Bo‘lma xor, bo‘lma xor (2x)