Tentakcham

Xamdam Sobirov



Sochingni kesma, labingni bo‘yama
Hamma qaraydi-da, ko‘zi tegadi-da
Menga oson tutma-da

Sochlaringni hidlaganlarim qani?
Lablaringga termulganlarim qani?
Bir kunda hammasidan ayirding, ayirding
Tol tagida bergan va’dalaring qani?

Ko‘zmunchog‘im mani
Shaharlik bo‘lib ketdi
Tentakcham mani
Toshkentlarga ketdi
Endi kimga dardimni aytay man
Sevgini uyi kuysin
Qaylarga ketay man? (2x)

Shaharda yurib o‘zingdan ketma-da
Bu chiroy o‘tadi-da, bir kelib ketadi-da
Sevgim boshingga yetma-da

Sochlaringni hidlaganlarim qani?
Foydasi yo‘q, insofing ham yo‘q sani
Bir kunda hammasidan ayirding, ayirding
Tol tagida bergan va’dalaring qani?

Ko‘zmunchog‘im mani
Shaharlik bo‘lib ketdi
Tentakcham mani
Toshkentlarga ketdi
Endi kimga dardimni aytay man
Sevgini uyi kuysin
Qaylarga ketay man? (2x)

Jonimga tegdi, sen haqingdagi gap-so‘zlar
Shaharni kezdi qishloqdan kelib gulyuzlar

Endi kimdir o‘psa agar
Lablaringni bollaridan
O‘lay agar voz kechaman
Qishlog‘imning tollaridan

Ko‘zmunchog‘im mani
Shaharlik bo‘lib ketdi
Tentakcham mani
Toshkentlarga ketdi
Endi kimga dardimni aytay man
Sevgini uyi kuysin
Qaylarga ketay man?


Xamdam Sobirov - Tentakcham Matni (tekst)

Other lyrics by Xamdam Sobirov


Xamdam Sobirov – Altingul
Armon yuzi shoir so'zi Qalbimni yaraladi o'tkirgina ko'zi Qarg'a ko'zi bitta o'zi Men senga bir mubtalo devona Shakar labing bir Davo devonam devona Altinguli guli...


Xamdam Sobirov – Altingul (Remix)
Armon yuzi shoir so'zi Qalbimni yaraladi o'tkirgina ko'zi Qarg'a ko'zi bitta o'zi Men senga bir mubtalo devona Shakar labing bir Davo devonam devona Altinguli guli...


Xamdam Sobirov & Farrux Raimov – Ippodrom
Yoshlikdagi qora soch malak Sevar edim seni jonim halak Bo'lmadi sendan bir darak Seni unutmasam kerak Atlas ko'ylaklaring yanog'imda Shirin suhbatlaring yodimda Ketayabsan bir o'zim...


Xamdam Sobirov – Sog‘insang
Bir gap chalindi qulog'imga Qo'yarmushsan o'z holimga Shirin sevgimni rad etib Qolib ketma uvolimga Go'zal sevgimni rad etib Qolib ketma uvolimga Sog'insang sog'insang Suratimga qarab...


Xamdam Sobirov – Jagira
Kel dilbarim birga o'ynab yuraylik Vaqtlar yomon o'tib ketar davru -davron so'raylik Sandiqda to'la sepda zanjir yiqqan ona Pumbarxlardan senga ko'ylak tikgan ona. Gullar yig'ib...