Bir qizni sevdim 19 yoshida
Ko‘ngil beribman bilmay boshida
Nahotki, adashdim sevgi yo‘lida?
Yuragim soddasan, soddasan
Do‘stlarim kulardi uni qoshida
Shu kunlar bor ekan yigit boshida
Ne qilay, ko‘nglim yo‘q o‘zgasida
Yuragim soddasan, soddasan
Oygul, yuzingdan bermading bo‘sa
Ha, men oshiqman, telbaman o‘sha
Izingdan yurmagan qanchadan qancha
Meni qiynaydi o‘sha tun, o‘sha (2x)
Oshiqlarin o‘raydi u ko‘zida
Nelar yashiringan gul yuzida?
Mening muhabbatim uning qo‘lida
Yuragim soddasan, soddasan
Yolg‘onlarin qo‘ymaydi so‘zida
Sezmadim, nafrat bor ekan dilida
Vafo ko‘rmadim, eh sevgisida
Yuragim soddasan, soddasan
Oygul, yuzingdan bermading bo‘sa
Ha, men oshiqman, telbaman o‘sha
Izingdan yurmagan qanchadan qancha
Meni qiynaydi o‘sha tun, o‘sha (2x)