Yo‘limiz boshqa, har taraf ketamiz endi-endi
Sevgim o‘yin ekan, netamiz endi-endi?
Shirin sevgimizni alishding qog‘ozlarga
Yaxshi yashayman, deb nafsing qulisan endi
Yuragim yig‘laydi, lekin kulaman endi-endi
Sensiz yashamoq og‘ir, chidayman endi-endi
Farishtadek niqobing yecharsan endi-endi
Bilgin yor, bu gunohing yuvolmaysan endi-endi
Ichimda gaplar qolib ketdi
Aytolmadim, yurak seni deb yonib ketdi
Sevganim kam edimi yoki senga ko‘z tegdimi?
Begonalar seni olib ketdi (2x)
Qaytmagin, orqaga yo‘l yo‘q, ketaver endi-endi
Ko‘nglimda senga boshqa joy yo‘q, boraver endi-endi
Aytay desam, hatto so‘z yo‘q, yig‘layver endi-endi
Xatoni men emas, sen qilding, chidaysan endi-endi
Yillar o‘tib bormoqda qara, unutdim endi-endi
Aslida seni kimliging tushundim endi-endi
Biz kutgan o‘sha yomg‘irlar tindi endi-endi
Yuragimda yashaysan, gulim, bo‘ldi endi-endi
Ichimda gaplar qolib ketdi
Aytolmadim, yurak seni deb yonib ketdi
Sevganim kam edimi yoki senga ko‘z tegdimi?
Begonalar seni olib ketdi (2x)