Do‘stlarim

Xamdam Sobirov



Omad kelsa kelishadi
Har kun yo‘qlab turishadi
Yolg‘ondan jon berishadi
Narxi arzon do‘stlarim

Kulfat kelsa har yon qochar
Shamga o‘xshab yonib, o‘char
Mansab kelsa bag‘rin ochar
Qaytib kelgan do‘stlarim (2x)

Ox meni bir tiyinga
Bir tiyinga qimmat do‘stlarim
Asl yuzingizni ko‘rib
Mana ochildi ko‘zlarim (2x)

Yolg‘onni ham so‘zlaydi rost
Oqibat yo‘q, mehr biroz
Quruq gapni so‘zlar holos
Narxi arzon do‘stlarim

Maqtab, ortingdan so‘ng g‘iybab
Biroz o‘tsa qilar minnat
O‘zicha u narxi qimmat
Qadri arzon do‘stlarim

Ox meni bir tiyinga
Bir tiyinga qimmat do‘stlarim
Asl yuzingizni ko‘rib
Mana ochildi ko‘zlarim (2x)


Xamdam Sobirov - Do‘stlarim Matni (tekst)

Other lyrics by Xamdam Sobirov


Xamdam Sobirov – Altingul
Armon yuzi shoir so'zi Qalbimni yaraladi o'tkirgina ko'zi Qarg'a ko'zi bitta o'zi Men senga bir mubtalo devona Shakar labing bir Davo devonam devona Altinguli guli...


Xamdam Sobirov – Altingul (Remix)
Armon yuzi shoir so'zi Qalbimni yaraladi o'tkirgina ko'zi Qarg'a ko'zi bitta o'zi Men senga bir mubtalo devona Shakar labing bir Davo devonam devona Altinguli guli...


Xamdam Sobirov & Farrux Raimov – Ippodrom
Yoshlikdagi qora soch malak Sevar edim seni jonim halak Bo'lmadi sendan bir darak Seni unutmasam kerak Atlas ko'ylaklaring yanog'imda Shirin suhbatlaring yodimda Ketayabsan bir o'zim...


Xamdam Sobirov – Sog‘insang
Bir gap chalindi qulog'imga Qo'yarmushsan o'z holimga Shirin sevgimni rad etib Qolib ketma uvolimga Go'zal sevgimni rad etib Qolib ketma uvolimga Sog'insang sog'insang Suratimga qarab...


Xamdam Sobirov – Jagira
Kel dilbarim birga o'ynab yuraylik Vaqtlar yomon o'tib ketar davru -davron so'raylik Sandiqda to'la sepda zanjir yiqqan ona Pumbarxlardan senga ko'ylak tikgan ona. Gullar yig'ib...