Qara yo‘llar baxtga emas armonlarga boshlar nega?
Qara hijron dilga ozor ko‘zlarimni yoshlar nega?
Yuzlarim kulmas hech qachon, ko‘zlarim kulmas hech qachon
Qara taqdir qalbga quvonch bermas bag‘rin nishlar nega?
O‘ylayman-u lekin sening tomon qadam tashlolmayman
Dil og‘ritib achchiq so‘zlab ko‘zlaringni yoshlolmayman
Kech deyman-u yuragimga, ishqdan kecholmasam netay?
Mensiz yashaysan-u lekin, tushun sensiz yasholmayman
Darak berib qo‘ysang netar, o‘ylaganim o‘zing ahir
Holim so‘rab qo‘ysang yetar, kuylaganim o‘zing ahir
Yulduzlarga qarab tunlar yulduzimni ahtararman
Har so‘zimda tildan qo‘ymay so‘zlaganim o‘zing ahir (2x)
Sog‘inib talpinib mening tomon qadam bosib kelsang
Qanchalar sog‘inganimni ko‘zlarimdan qarab bilsang
Bu qandayin jafo bo‘ldi, yuraklarga ozor bo‘ldi?
Unutay qandayin seni, ahir hayolimda tursang?