Ko‘klarga yetib bo‘yimiz
Ushaldi orzu o‘yimiz
Mehmonlarga to‘lib-to‘lib
Fayz bilan o‘tdi to‘yimiz
Oq libosda oy bo‘lib
Yuzlari chiroyga to‘lib
Bir suluv qiz kelin bo‘lib
Keldi uylarin to‘ldirib
Ta’zim qiling otalariga
Ta’zim qiling onalariga
Ta’zim qilib mehmonlarga
Kelin salom, kelin salom
Kelin salom yor-yor-a
Qutlug‘ bo‘lsin kelin salom
Ta’zim qilib mehmonlarga
Kelin salom, kelin salom
Sho‘x kuylarga o‘ynab kulib
Diydorlashdik mazza qilib
Ko‘ngillar ketsin shodlanib
Kelin salomini ko‘rib
Qarindoshlar hammasi
Amakisi-yu tog‘asi
Kuyovning amma-holasi
Tayyorlab qo‘ygan sovg‘asi
Qudajonlar hammasi
Kelinning hola-ammasi
Amakisi-yu tog‘asi
Tayyorlab qo‘ygan sovg‘asi
Ta’zim qiling otalariga
Ta’zim qiling onalariga
Ta’zim qilib mehmonlarga
Kelin salom, kelin salom
Kelin salom yor-yor-a
Qutlug‘ bo‘lsin kelin salom
Ta’zim qilib mehmonlarga
Kelin salom, kelin salom
Xay-xay o‘lan jon o‘lan
Kelin keldi yor-yor
Va’dasiga vafoli
Kelin keldi yor-yor
Yor-yor-a yor-yor-a
Kelin keldi yor-yor (2x)